2014 yilda O‘zbekiston pochtasi xizmatlar eksportidan 2.4 mln dollar ishlab topdi

2014 yilda O‘zbekiston pochtasi xizmatlar eksportidan 2.4 mln dollar ishlab topdi
2014 yilda O‘zbekiston pochtasi xizmatlar eksportidan 2.4 mln dollar ishlab topdi

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yili “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati xizmatlar eksportidan 2.4 mln dollar ishlab topgan, deb yozadi Kun.uz.
Hisobot davrida jahonning 97 davlati bilan pochta almashinuvlari amalga oshirilgan, rejali ko‘rsatkich 110 foizga bajarilgan. Valyuta kirimlarining yarmi (775 ming dollar) davlatga sotilgan.
Umuman olganda, “O‘zbekiston pochtasi” 2014 yilda 152.8 mlrd so‘m tushum ko‘rib, ko‘rsatkichni 104 foizga bajargan. Sof daromad 6.4 mlrd so‘mni tashkil qilgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar