3 fevral kuni «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni e’lon qilindi, deb xabar beradi "Diydoraziz" sayti.
Farmonda mahalla institutini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini shakllantirishda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda rivojlantirishda mahallalarning ahamiyati va nufuzini yanada oshirish belgilangan.
Shuningdek, yoshlarni ma’naviy boy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularning bandligini ta’minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, aholining ehtiyojmand qatlamlarini, keksa avlod vakillarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini mustahkamlash qayd etilgan.
Bundan tashqari, jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlashda, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda, fuqarolarda qonunga hurmat hissini kuchaytirishda mahallalarning bevosita ishtirokini kengaytirish ko‘rsatib o‘tilgan.
Kengashlarning nufuzi va maqomini oshirish, joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan masalalarni ijro hokimiyati organlarining rahbarlari e’tiboriga etkazish va mazkur masalalarni hal etish bo‘yicha ularning bevosita ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Bosh vaziri, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tumanlar va shaharlar hokimlari zimmasiga tegishincha Respublika kengashi, hududiy kengashlarga jamoatchilik asosida raislik qilish vazifasi yuklatildi.
Farmon bilan kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘llab-quvvatlash borasida 37 ta aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash maqsadida mahalla fuqarolar yig‘ini Kengashi tarkibiga fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosarlarini (fuqarolar yig‘ini raisining keksalar va faxriylar ishlari hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarini), hududdagi profilaktika inspektorlarini, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari (oilaviy poliklinikalar) rahbarlarini kiritish va ularning o‘z faoliyati yuzasidan yilning har choragida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga hisobot taqdim qilishlari amaliyotini joriy etish belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar zimmasiga fuqarolar yig‘inlarining bandlikka ko‘maklashuvchi tuman (shahar) markazlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ta’lim muassasalari hamda moliya va sog‘liqni saqlash organlari bilan o‘zaro hamkorligini nazarda tutadigan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi yuklandi.
Mahalla fuqarolar yig‘inlarining mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etish bo‘yicha mustaqilligini ta’minlash, o‘zini o‘zi boshqarish tizimida ortiqcha bo‘g‘inlardan voz kechish maqsadida tarkibida mahallalar tuzilgan shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig‘inlarini mahalla fuqarolar yig‘inlariga birlashtirish va bo‘lish yo‘li bilan qayta tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalar sport maydonchalari, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tashkil etish maqsadida 2017−2021 yillarga mo‘ljallangan hududiy dasturlar ishlab chiqiladi. Shuningdek, 2018 yilning 1 dekabriga qadar tumanlar va shaharlar markazlarida «Mahalla markazi» majmualari binolarini namunaviy loyihalar asosida barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarning amalga oshirilishiga munosib hissa qo‘shgan tashabbuskor fuqarolar va jamoatchilik tuzilmalari vakillariga taqdim etiladigan «Mahalla iftixori» ko‘krak nishonini ta’sis etish nazarda tutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”