22:19 / 05.02.2017
7 743

«Propiska»ga ega bo‘lish uchun tuzilgan soxta nikohlar fosh qilindi

«Propiska»ga ega bo‘lish uchun tuzilgan soxta nikohlar fosh qilindi

Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tish uchun soxta nikoh tuzish holatlari fosh etildi, deydi "Diydoraziz" sayti “XXI asr” gazetasi bergan ma’lumotga asoslanib. Bu borada statistik raqamlar keltirilmagan, ammo sinovdan o‘tgan sxemaga aniqlik kiritilgan.

Bunga ko‘ra, Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatga ega ayol viloyatlik erkak bilan nikohdan o‘tadi. Viloyatlik erkak ayol orqali doimiy propiskaga ega bo‘lgach, juftlik o‘zaro ajrashadi.

Gazeta Toshkent shahrida keyingi yillarda ajrashishlar ko‘payganiga bu kabi soxta nikohlar ham sabab bo‘lganini yozadi. Xabar qilinishicha, poytaxtda doimiy ro‘yxatdan o‘tish maqsadida tuzilayotgan soxta nikohlarning oldini olish maqsadida amaliy ishlar qilinyapti. Jumladan, Toshkent shahri yoki viloyatida doimiy ro‘yxatga qo‘yilgan er yoki xotin nikoh qayd etilganidan bir yil o‘tmasdan ajrashsa, doimiy ro‘yxatdan chiqarilishi qonuniylashtirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «Propiska»ga ega bo‘lish uchun tuzilgan soxta nikohlar fosh qilindi