
Vazirlar Mahkamasining 27 yanvardagi qarori bilan hukumatning 2016 yil 22 sentyabrdagi «G‘o‘zapoyadan yog‘och qirindili plitalar ishlab chiqarish bo‘yicha zamonaviy korxonalarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Tuzatishlarga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumanida g‘o‘zapoyadan yog‘och qirindili plitalar ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha quvvati 30 ming m³ ga teng bo‘lgan korxona tashkil etiladi.
Ob’ektni ishga tushirish muddati — 2017 yilning to‘rtinchi choragi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing