
— Nima uchun dollarfurushlar ham, obnalchi (plastik kartochkangizdagi pulni ma’lum haq evaziga naqdlashtirib beruvchi)lar ham bozorda?
— Chunki bozordan 10 metr tashqariga chiqsa, departament (Bosh prokuratura huzuridagi SVOJJDLQK departamenti organlari nazarda tutilmoqda — «tafsilot.uz») xodimlari yoki soliqchilar ushlab ketadi.
— Bozorning ichida nimaga ushlamaydi?
— Chunki soliqchilar va departament xodimlari faqat dehqon bozorini tekshirishga haqi bor.
— Buyum bozorlarini-chi?
— Buyum bozorlarini «Bozorlar bo‘limi» (Davlat soliq qo‘mitasining Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasining tuman (shahar)lardagi bo‘limlari nazarda tutilmoqda — «tafsilot.uz») nazorat qiladi.
— «Bozorlar bo‘limi» qaerga bo‘ysunadi?
— Davlat soliq qo‘mitasiga.
— Hududiy soliq idoralariga-chi?
— Ularga bo‘ysunmaydi.
— Bozorda ochiqdan-ochiq oldiga 4 ta terminalni qo‘yib olib, plastikdagi pullarni bemalol foiz evaziga naqdlashtirayotgan «tadbirkor»ni soliqchi yoki departament xodimi jinoyat ustida ushlasa-chi?
— Ushlashga haqqi yo‘q.
— Unda nimaga biz soliqchini quvib yuribmiz, inkassasiya qildir deb?
— ???
Tohir Yoqubov “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar