
O‘zgidromet 19 dekabr, ertaga kuzatiladigan ob-havo prognozini taqdim etdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechasi va ertalab yengil qor yog‘ishi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0–2 daraja sovuq, kunduzi 1–3 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo tuman tushishi mumkin. Kechasi havo ancha sovib, ayrim hududlarda 15–18 daraja sovuqqacha tushadi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik prognoz qilinmayapti, tuman ehtimoli saqlanib qoladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Kunduzi asosan quruq ob-havo saqlanadi. Qashqadaryo va Surxondaryoda esa kechga tomon yomg‘ir yog‘ib, ayrim hududlarda qorga aylanishi mumkin.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik kuzatilishi aytilmoqda. Tog‘li hududlarda esa vaqt-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman va yaxmalaklar, shuningdek, qor ko‘chishi xavfi mavjud. Mutaxassislar yo‘lga chiqishda ehtiyot choralariga rioya qilishni tavsiya qilmoqda.v
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.