13:31 / 09.02.2017
6 616

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Jahon bankidan uch taklif oldi

Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Jahon bankidan uch taklif oldi

Davlat Turizmni rivojlantirish qo‘mitasida, qo‘mita raisi Anvar Sharapovning R.Nitti boshchiligidagi Jahon banki delegasiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda Sputnik nashri.

Uchrashuvda Jahon banki vakillari turizmri rivojlantirish sohasida katta tajribaga ega ekanliklarini ta’kidlashdi. Ular turizmni rivojlantirish borasida O‘zbekistonga uch maslahat berdishdi.

1. O‘rta shaharlarni kompleks rivojlantirish natijasida turizmni rivojlantirish. Jahon banki "Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish" loyihasini qayta davom ettirishni taklif qildi.

2. Turizm sohasida chuqur izlanish va tahlil o‘tkazishda Jahon banki yordamidan foydalanish. Xususan Jahon banki O‘zbekiston Turzmni rivojlantirish qo‘mitasini Tokioda bo‘lib o‘tadigan, madaniy yodgorliklarni saqlab qolish diskussiyasiga taklif qildi.

3. Turizm sohasida investision loyihalarni birgalikda amalga oshirish. Misol tariqasida yaqinda Jahon banki Gruziyada "Sog‘lomlashtirish va vino degustasiyasi sayyohligini" rivojlantirish misol keltirildi.

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Anvar Sharapov boshchiligida Jahon banki taklif qilgan yo‘nalishlar borasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi Jahon bankidan uch taklif oldi