Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanidagi “G‘urjak-1” massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uy-joylar, bu erda aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida Surxon vohasida 1009 arzon va zamonaviy uy-joy barpo etilayotir. Sherobod tumanidagi “G‘urjak-1” massivida qisqa muddatda 32 xonadondan iborat 2 qavatli ikkita, xo‘jalik imoratlari va alohida hovlisi bo‘lgan bir qavatli o‘nta shinam uy bunyod etilib, foydalanishga topshirildi.
Zamonaviy va milliy me’morlik andozalari asosida qurilgan yangi massivda ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari, servis va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilgan. Tabiiy gaz, toza ichimlik suvi va elektr energiyasi bilan ta’minlangan.
Davlatimiz rahbari yosh oila O‘ktam Abdullaev va Malohat Jumaeva xonadonida bo‘lib, ularni yangi uyga ko‘chib o‘tgani bilan tabrikladi. 3 xonali uyning hovlisida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun tomorqa bor.
Prezidentimiz yangi uyda yosh oila baxtiyor va farovon yashashi uchun yaratilgan qulayliklar bilan qiziqdi. Xonadon sohibining buvisi Karomat momo Abdullaeva ko‘rkam, obod va shinam uylarni olishda keng imkoniyatlar yaratilayotgani, bu yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilayotganini aytib, Prezidentimizni duo qildi.
Shavkat Mirziyoyev 16 xonadondan iborat ikki qavatli uyda yashayotgan uy sohiblari bilan ham suhbatlashdi. Xalqimizning tobora o‘sib borayotgan talab va ehtiyojlarini qondirish, ular uchun munosib hayot sharoitlari yaratib berish bugungi kundagi asosiy vazifalardan ekanini alohida qayd etdi. Mutasaddi rahbarlarga viloyatning qishloq massivlarida aholiga shaharlardagidan qolishmaydigan turmush sharoitlari yaratish, yakka tartibda uy-joy qurish ko‘lamini yanada kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi