09:52 / 11.02.2017
8 138

Sog‘liqni saqlash vaziri: Endi yopilgan dorixona o‘rnida 3 yilgacha yangisi ochilmaydi

Sog‘liqni saqlash vaziri: Endi yopilgan dorixona o‘rnida 3 yilgacha yangisi ochilmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2016 yilning 31 oktyabr kuni “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Ayni damda Prezident qarorining ijrosini ta’minlash, dori-darmon va tibbiyot buyumlarining narxlarini pasaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Nodavlat elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi tomonidan tashkil etilgan “Press klub”da ishtirok etgan Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Habibulla Jalilov bayonot berdi.

Habibulla Jalilov, Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i:
— Dori vositalarini sotishda 13 foizgacha va chakana sotishda 20 foizgacha ustama narx qo‘yish qat’iy ravishda belgilab qo‘yildi. Dorixonalarda 340 ta dori-darmon vositalari cheklangan narxda belgilab qo‘yilgan bo‘lsa, shulardan 160 tasi maxalliy ishlab chiqarilgan dorilar hisoblansa, qolganlari esa import qilinadigan dori-darmonlardir.

Dunyo bo‘yicha har yili dori-darmon vositalarining narxi inflasiya hisobiga 8-10 foizgacha oshib boradi. Bizda esa 8-40 foizgacha arzonlashtirildi. Iste’molchilar dorixonalardan dori-darmon vositalarining o‘tgan yilgi va bu yilgi narxini so‘rashlari mumkin. Muammo yuzaga kelsa, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Soliq inspeksiyasiga murojaat etishlari mumkin.

Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri-Bosh vazir o‘rinbosari Adham Ikromov ham fikr bildirdi.

Adham Ikromov, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri:
—2016 yilda sotilgan dori-darmon vositalarining 116 turiga oid o‘tgan yildagi va bu yildagi narxlar haqidagi ma’lumotlar dorixonalarda e’lonlar taxtachasida bo‘lishi kerak. Yaqinda yana 227 turdagi dori-darmon vositalari tenderdan o‘tkazildi va bir haftadan so‘ng iste’molchilar bu dori-darmonlarni ham narxlar solishtirmasi bo‘yicha talab qilishlari mumkin.

Ilgari biror dorixonada noqonuniy faoliyat kuzatilsa, yopilardi va yana mazkur joyni o‘zida boshqa dorixona ochishga ruxsat bor edi. Endilikda bunga chek qo‘yildi va qonun buzilishi holati aniqlansa, aynan shu joyda 3 yilgacha dorixona ochilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sog‘liqni saqlash vaziri: Endi yopilgan dorixona o‘rnida 3 yilgacha yangisi ochilmaydi