date

Yangi yilda o‘zbekistonliklarni 5 kunlik dam olish kutmoqda

Yangi yilda o‘zbekistonliklarni 5 kunlik dam olish kutmoqda

O‘zbekistonda 2026 yilda rasmiy bayram sanalarini nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash hamda dam olish kunlarini ko‘chirishga oid Prezident farmoni qabul qilindi.

Mazkur hujjatga muvofiq, Yangi yil bayrami munosabati bilan aholi uchun bir necha kunlik uzluksiz dam olish imkoniyati yaratiladi.

Farmonga ko‘ra, Yangi yil arafasi va bayram kunlarida dam olish tartibi quyidagicha belgilandi:

— ish haftasining turidan qat’i nazar, barcha xodimlar uchun 31 dekabr, chorshanba — dam olish kuni;

— barcha xodimlar uchun 1 yanvar, payshanba — Yangi yil bayrami;

— barcha xodimlar uchun 2 yanvar, juma — qo‘shimcha dam olish kuni;

— olti kunlik ish haftasida faoliyat yurituvchi xodimlar uchun 3 yanvar, shanba — dam olish kuni;

— barcha fuqarolar uchun odatiy dam olish kuni bo‘lgan 4 yanvar, yakshanba.

Shu tariqa, o‘zbekistonliklar 2026 yil Yangi yil bayramida jami 5 kun davomida dam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi yilda o‘zbekistonliklarni 5 kunlik dam olish kutmoqda