date

2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” bo‘ladi

2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” bo‘ladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasida 2026-yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb e’lon qildi. Bu qaror mahallalar faoliyatini kuchaytirish, fuqarolarni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga rag‘batlantirish va mamlakatda tinchlik hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Prezident ta’kidlaganidek, mahalla tizimi jamiyatimizning mustahkam poydevoridir. “Mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi”, – dedi davlat rahbari. Shu sababli mahalla institutlari ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, mehr-oqibat va adolatni targ‘ib qilishda asosiy rol o‘ynaydi.

Yangi yil uchun alohida davlat dasturi qabul qilinadi. Ushbu dastur doirasida O‘zbekistondagi 9 mingdan ziyod mahalla faoliyati rivojlantiriladi, ularni mehr-oqibat, hamjihatlik va tarbiya maskanlariga aylantirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Prezident shuningdek, barcha davlat organlari, mahalla raislari, nuroniylar, yoshlar, tadbirkorlar va fuqarolarni birgalikda belgilangan maqsadlarga erishishga chaqirdi. Yil davomida amalga oshiriladigan tadbirlar va loyihalar rasmiy axborot saytlarida muntazam yoritib boriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2026-yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” bo‘ladi