date

Sog'liqni saqlash vazirligi DMED ro'yxatidan o'tmaganlar uchun poliklinikalar pullik bo'lishi haqidagi gaplarni rad etdi

Sog'liqni saqlash vazirligi DMED ro'yxatidan o'tmaganlar uchun poliklinikalar pullik bo'lishi haqidagi gaplarni rad etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolar joriy yil 31 dekabrgacha pasport va tug'ilganlik guvohnomasi bilan poliklinikaga borib, DMED axborot tizimiga “biriktirilishi” kerakligi, aks holda tibbiy xizmatlar pullik bo'lib qolishi haqida xabarlar tarqaldi. Sog'liqni saqlash vazirligi bu ma'lumotlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini bildirdi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Vazirlikka ko'ra, hozirning o'zida DMED tizimiga 37,7 million fuqaro ulangan va ularning elektron tibbiy kartalari to'liq shakllantirilgan. Shu sababli aholini tizimda qaytadan ro'yxatdan o'tkazishga ehtiyoj yo'q.

Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq birlamchi tibbiy-sanitariya yordami KTMP, OP va OSHP muassasalarida davlat kafolatlagan hajm doirasida aholiga bepul ko'rsatilishi eslatildi. Kafolatlangan paket doirasidagi xizmatlardan bepul foydalanish uchun fuqarolar belgilangan muddatlarda profilaktik ko'riklardan o'tishi hamda oilaviy shifokor yoki tibbiy brigadaga murojaat qilishi lozim. Bunda shoshilinch va tez tibbiy yordam alohida istisno hisoblanadi.

Vazirlik izohiga ko'ra, oilaviy shifokor zarurat tug'ilsa, tashxis va davolash standartlariga asosan tor mutaxassisga yoki statsionarga elektron yo'llanma beradi. Ana shu yo'llanma asosida bemor profil shifokor ko'rigidan o'tadi va kerak bo'lsa, shifoxonaga yotqiziladi.

Shu tariqa, DMED’da ro'yxatdan o'tmaganlar sabab tibbiy xizmatlar pullik tizimga o'tkazilishi mumkinligi haqidagi gaplar asossiz ekani ta'kidlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sog'liqni saqlash vazirligi DMED ro'yxatidan o'tmaganlar uchun poliklinikalar pullik bo'lishi haqidagi gaplarni rad etdi