
Energetika vazirligi avtomobil gaz to'ldirish kompressor shoxobchalari (AGNKSh) ish tartibiga vaqtinchalik o'zgartirish kiritilayotganini ma'lum qildi. 30 dekabr kuni soat 09:00 dan boshlab respublika bo'ylab barcha metan zapravkalari 24 soatlik ish rejimiga o'tadi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Vazirlikka ko'ra, bu qaror haydovchilarga metan bilan o'ziga qulay vaqtda, jumladan tunda ham, navbatsizroq tarzda yoqilg'i quyish imkonini beradi. Biroq idora ushbu sutkalik rejim qaysi muddatgacha amal qilishini aniqlashtirmadi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkentda metan zapravkalaridagi navbatlar sabab shahar avtobuslari soni vaqtincha qisqargani haqida xabar berilgandi. «Toshshahartransxizmat» jamoat transporti zapravkalarda turib qolayotgani yo'nalishlardagi qatnov oralig'iga ta'sir ko'rsatayotganini bildirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.