date

Sirdaryoda avtomobil kanalga qulab tushdi: to‘rt yo‘lovchi halok bo‘ldi

Sirdaryoda avtomobil kanalga qulab tushdi: to‘rt yo‘lovchi halok bo‘ldi

Sirdaryo viloyatida ichida to‘rt nafar yo‘lovchi bo‘lgan yengil avtomobil kanalga tushib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida yo‘lovchilarning barchasi voqea joyida vafot etdi, haydovchi esa cho‘kayotgan mashinadan chiqib olishga ulgurgan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Viloyat IIB ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 26 dekabr kuni soat 23:30 da (Toshkent vaqti bilan) sodir bo‘lgan. Haydovchi futbol o‘yinidan so‘ng stadiondan to‘rt nafar tanishini uylariga eltish uchun yo‘lga chiqqan. Yo‘l davomida u boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘lovchilari bilan birga kanalga sirg‘alib tushgan.

Halok bo‘lganlar 19–20 yoshdagi to‘rt nafar yigit bo‘lib, ularning barchasi bir hududda yashagani qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sirdaryoda avtomobil kanalga qulab tushdi: to‘rt yo‘lovchi halok bo‘ldi