date

Dunyoning 200 mamlakatidan 10 million mehmon Statistika qoʻmitasi sayyoh portretini taqdim etdi

Dunyoning 200 mamlakatidan 10 million mehmon Statistika qoʻmitasi sayyoh portretini taqdim etdi

Oʻzbekiston Milliy statistika qoʻmitasi 2025 yil yanvar–noyabr oylaridagi maʼlumotlar asosida mamlakatga kelayotgan xorijiy sayyohning oʻrtacha portretini tuzdi. Umumiy hisobda, bu yil Oʻzbekistonga dunyoning 200 mamlakatidan mehmonlar tashrif buyurgan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Hisobotga koʻra, sayyohlar orasida erkaklar ulushi yuqoriroq: 5,85 million nafar. Ayol sayyohlar soni 4,9 millionni tashkil etdi.

Yosh tarkibida eng katta guruh 31–55 yoshdagilar bo‘lib, ularning soni 5,4 milliondan oshgan. Keyingi o‘rinda 56 yosh va undan kattalar — 2,18 million. 19–30 yoshdagi mehmonlar qariyb 1,75 million, 0–18 yoshdagi bolalar va o‘smirlar esa 1,38 millionni tashkil qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dunyoning 200 mamlakatidan 10 million mehmon Statistika qoʻmitasi sayyoh portretini taqdim etdi