date

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

O‘zbekistonda 2025 yil 31 dekabrdan 2026 yil 5 yanvargacha qator tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi yuqori bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bunga shu kunlarda kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sabab bo‘layotgani qayd etildi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Gidrometeorologiya xizmati ogohlantirishi Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li tumanlariga taalluqli. Xavf zonasi har bir viloyatda bir nechta hududni qamrab oladi, jumladan Bo‘stonliq, Pop, Baxmal va boshqa tumanlar tilga olinadi.

Mutasaddilar ushbu tog‘li hududlarda yashovchilar, dam olish uchun yo‘lga chiqadiganlar hamda haydovchilarni ehtiyotkorlikni kuchaytirishga, safarlarni rejalashtirishda ob-havo sharoiti va tabiiy xavflarni inobatga olishga chaqirdi.

Shuningdek, avvalroq 30 dekabrdan 3 yanvargacha mamlakat bo‘ylab o‘zgaruvchan bulutli ob-havo kuzatilishi, ayrim kunlari joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda esa yog‘in yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi. Qator hududlarda tuman tushishi, ayrim joylarda shamol kuchayishi ham prognoz qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi