
Sinoptiklar prognoziga ko'ra, yanvarning dastlabki o'n kunligida O'zbekistonda asosan yog'ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, kechalari esa yengil sovuq bo'ladi. Biroq oy o'rtalariga borib haqiqiy qahraton kirib kelishi, yanvar oxirida esa sovuq yanada kuchayishi kutilmoqda. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Oy boshi nisbatan iliq o'tadi, ammo ikkinchi va ayniqsa uchinchi o'n kunlikda havo keskin sovib, kechalari tez-tez sovuq urishi mumkin.
1–2 yanvar kunlari respublika bo'ylab quruq ob-havo saqlanib turishi prognoz qilinmoqda. 3 yanvarda Kaspiy tomondan nam havo oqimi kirib kelib, hududlarda yomg'ir yog'adi, ayrim joylarda yog'in qor aralash yomg'irga, keyin qorga aylanishi mumkin. Markaziy va janubi-sharqiy hududlarda yog'ingarchilik 4 yanvar kechasi va ertalab ham davom etishi ehtimoli bor.
Keyinchalik, birinchi o'n kunlik yakunigacha respublika hududida yog'ingarchilik bo'lishi kam ehtimol. Bu davrda kechasi havo harorati asosan -2…+3 daraja atrofida, ba'zi joylarda -5 darajagacha pasayadi. Kunduz kunlari esa +8…+13 darajadan +0…+5 darajagacha o'zgarib turadi.
Ikkinchi o'n kunlikda harorat keskin tebranishi kutilmoqda: kechalari +1…+6 darajadan -1…-6 darajagacha, kunduz kunlari +10…+15 darajadan -2…+3 darajagacha tushishi mumkin. Respublikaning shimolida kechalari -3…+2 daraja atrofidan keyin -5…-10 darajagacha, ayrim hududlarda -13…-15 darajagacha sovishi, kunduzlari esa +2…+7 darajadan -3…-8 darajagacha pasayishi taxmin qilinmoqda.
Yanvarning uchinchi o'n kunligida sovuq to'lqini ehtimoli saqlanib qoladi: kechalari -7…-12 darajagacha, ayrim joylarda -15…-17 darajagacha, kunduz kunlari esa -3…-8 darajagacha tushishi mumkin. Shimoliy hududlarda kechalari -15…-20 daraja, ba'zi joylarda -22…-25 darajagacha sovuq, kunduzlari -5…-10 daraja, ayrim nuqtalarda -13…-15 daraja atrofida bo'lishi kutilmoqda.
Avvalroq Yangi yil kechasida qor yog'ishi ehtimoli, shuningdek yanvarning dastlabki uch kuni bo'yicha hududlar kesimidagi ob-havo ma'lumotlari ham berilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.