06:20 / 17.02.2017
4 817

Uzbekistan Airways liboslarini yangilamoqchi

Uzbekistan Airways liboslarini yangilamoqchi

14 fevraldan “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi uchish tarkibi va bortkuzatuvchilar uchun maxsus liboslar dizayni ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qildi, deb yozadi Kun nashri.

Tanlovda turli mulk shakliga ega tashkilot, firma va kompaniyalar, jumladan kiyim-kechak dizaynini 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda tayyorlangan va ishlab chiqargan kichik va o‘rta biznes korxonalari ishtirok etishi mumkin.

Da’vogarlar tanlovda faqatgina bitta murojaat bilan ishtirok etishlari mumkin. U mustaqil ravishda yoki kiyim-kechak dizayni ishlab chiqish va tayyorlashga ixtisoslashgan boshqa kompaniyalar bilan konsorsiumda topshirilishi mumkin.

Tanlov ishtirokchilari yuridik shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda ushbu xizmat turini ko‘rsatish bo‘yicha tegishli huquqqa ega bo‘lishlari kerak.

Tanlovga takliflar ikkita konvertda, uning bitta nusxasi rus tilida bo‘lgani holda qabul qilinadi.

Takliflar 2017 yilning 20 mart kuni 17:00gacha qabul qilinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Uzbekistan Airways liboslarini yangilamoqchi