date

Boysundagi “M-25” koni hududidan neft sizib chiqdi

Boysundagi “M-25” koni hududidan neft sizib chiqdi
Energetika vazirligi ma’lum qilishicha, Boysundagi “M-25” neft koni hududida neft suyuqligi tarqalishi qayd etildi. Hodisaning oldini olish va atrof-muhitga zarar yetkazmaslik maqsadida hudud atrofida hamda soy o‘zani bo‘ylab qo‘shimcha himoya hovuzlari barpo etildi.

Yig‘ib olingan neft suyuqligi maxsus maydonga uzluksiz yetkazib borilmoqda. Bu yerda har biri 5 ming kub metr hajmdagi, izolyatsiyalangan ikki shlam hovuzi mavjud bo‘lib, u neftni xavfsiz saqlash va keyinchalik samarali foydalanish imkonini beradi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, barcha ishlar amaldagi sanoat va ekologik xavfsizlik talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirilmoqda. Hozirda neft namunasi bo‘yicha tahlil ishlari olib borilmoqda va uning natijalariga asosan qayta ishlash imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, geologik tadqiqotlar davom etmoqda.

Hozirgi kunda holat doimiy monitoring ostida bo‘lib, neft suyuqligi jilovlangan. Dastlabki kunlarda kanalga oqib ketgan neftni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Boysundagi “M-25” koni hududidan neft sizib chiqdi