G‘uzor tumanida sintetik suyuq yoqilg‘i (“GTL”) ishlab chiqaruvchi zavod qurilishiga kirishildi. Bu haqda “OLTIN YO`L GTL” rasmiy saytida xabar berilgan, deyiladi “Hilol.uz” saytida. Xabarda aytilishicha, “Uzbekistan GTL” MChJ loyihada ishtirok etayotgan xalqaro pudratchilar konsorsiumini zavod qurilishi bo‘yicha asosiy ishlar boshlanganidan ogoh etgan. Bunda loyiha echimlarini mukammal ishlab chiqish, ta’minotni tashkil etish va viloyatimizdagi qurilish maydonida asosiy qurilish-montaj ishlarini boshlash nazarda tutilgan.
Qayd etilishicha, loyihani amalga oshirishning navbatdagi muhim bosqichida qurilishga tayyorgarlik ishlari yakunlangan, “LTFT” reaktori barpo etilgan va loyiha qiymati optimallashtirilgan.
“OLTIN YO`L GTL” loyihasi asosida yuqori sifatli yoqilg‘i ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, natijada yurtimiz transport sohasi uchun toza ekologik kelajak ta’minlanadi, zavod mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan dunyodagi eng ilg‘or korxonalardan biri bo‘ladi hamda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishi va rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi, deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Loyiha rasmiy saytida keltirilishicha, 2016 yil dekabr oyi oxirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori qabul qilingan. 2009 yil oktyabr va 2011 yil sentyabrda qabul qilingan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda ushbu qaror mazkur loyihaning texnik va iqtisodiy asoslarini tasdiqlab, uni moliyalashtirish manbalarini aniq belgilab berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur loyiha qiymati qariyb 4 milliard dollarni tashkil etadi. Tozalangan metan gazidan sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarishga ixtisoslashadigan ushbu korxona “Sasol” texnologiyasi asosida faoliyat ko‘rsatadi. Loyiha yiliga 1,5 million tonna dizel yoqilg‘isi, kerosin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi