Nukusga 24 mlrd so‘mlik elektrobuslar: birinchi partiya yetib keldi

Nukus shahrida jamoat transportini zamonaviylashtirish va aholiga xizmat sifatini oshirish maqsadida Xitoydan ilk elektrobuslar olib kelindi. Ma’lum qilinishicha, 24 mlrd so‘m mablag‘ hisobidan jami 12 dona elektrobus shaharga yetkazib berilgan.
Qayd etilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga muvofiq, Nukus shahriga umumiy hisobda 200 dona avtobus olib kelish rejalashtirilgan. Hozirda korxonalar tomonidan ushbu maxsus avtotransportlarni bosqichma-bosqich keltirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, “Sapsan Trans Nukus” korxonasi ham shahar transport infratuzilmasini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda. Korxona Nukusda 200 ta avtobus sig‘imiga ega avtobus parki qurish ishlarini amalga oshirayotgani aytilmoqda.
Umuman olganda, elektrobuslarning kelishi Nukusda ekologik toza transport ulushini oshirib, qatnovlarni tartibga solish va yo‘lovchilar uchun qulaylikni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!