O‘zbekiston hukumati huzuridagi Narkotik moddalar oborotini nazorat qilish Milliy qo‘mitasi Oliy Majlisga respublika Jinoyat kodeksiga spayslar tayorlash, saqlash va sotish uchun jinoiy javobgarlik kiritish haqidagi o‘zgarishlar loyihasini tayyorlamoqda, deb yozadi Sof.uz sayti.
"O‘zgarishlar loyihasi tayyorlangan va taaluqli muassasalar tomonidan tasdiqlangan. Yaqin orada Bosh prokuratura ushbu loyihani qonunchilik tashabbusi sifatila taklif qiladi", — dedi Milliy qo‘mita vakili.
JKiga kiritilayotgan o‘zgarishlar spayslarni narkotik va psixotrop moddalar va ularning prekurslariga tenglashtiradi. JKida spayslar narkotiklarning alohida turi sifatida belgilanadi.
Ayni damda O‘zbekiston JKida narkotik moddalar bo‘yicha jazo olti oydan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni ko‘zda tutgan. 2015 yilning iyun oyida O‘zbekistonda ta’qiqlangan narkotik va psixotrop moddalar ro‘yxati spays deb hisoblanuvchi 80 ta yangi turlari bilan to‘ldirilgan edi.
Narkotik moddalar nazorat qilish Milliy qo‘mitasi xabariga ko‘ra 2016 yilda O‘zbekistonda psixiologik faol moddalar oboroti bo‘yicha 43ta holat aniqlanib, 579 gramm spays qo‘lga olingan. Ekspertlar fikriga ko‘ra, oxirgi 2-3 yilda MDH mamlakatlarida spayslar oboroti keskin oshgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?