16:41 / 22.02.2017
7 852

Poytaxt bo‘ylab qorong‘uda nur qaytaruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda

Poytaxt bo‘ylab qorong‘uda nur qaytaruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda

22 fevraldan Toshkentda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida yangi ko‘rinishdagi «Piyodalar o‘tish joyi» yo‘l belgisi o‘rnatilishi boshlandi. Bu haqda «Toshkent shahar IIBB YHXB» axborot xizmatiga tayanib «UZ24» xabar berdi.

Yorqin sariq hoshiyali bu yo‘l belgisiga qorong‘uda ham yaxshi ko‘rinishi uchun nur qaytaruvchi plyonka tortilgan.

Bugungi kunda ushbu belgilar Keles yuli va Mehr ko‘chalari, shuningdek, «Chilonzor» metro bekati yaqini va Kichik halqa yo‘li bo‘ylab o‘rnatiladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, bu belgilar poytaxt yo‘llarida xavfsizlikni ta’minlash, piyodalarning hayoti va sog‘ligini asrashga xizmat qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Poytaxt bo‘ylab qorong‘uda nur qaytaruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda