13 688
O‘zbekistonda go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha reglament muhokama qilinmoqda
«O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi go‘sht va go‘sht mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha reglamentni ishlab chiqdi, u ayni paytda Interaktiv davlat xizmatlari yagona portalida muhokama qilinmoqda, deb yozadi «Daryo» nashri.
U go‘sht va go‘sht mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish zanjiridagi majburiy xavfsizlik talablarining asosiy ro‘yxatini belgilaydi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, umumiy texnik reglament tayyorlanadigan va import qilinadigan hayvon va parranda go‘shtlarining barcha turlari, kalla-pocha va ichak-chavoqlar, kolbasa mahsulotlari, yarim tayyor mahsulotlar, oziq-ovqat konservantlari va tarkibida go‘sht bo‘lgan boshqa mahsulotlar uchun amal qiladi.
«O‘zbekoziqovqatxolding» XKning rasmiy prognoziga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining go‘sht va go‘sht mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi 2020 yilga kelib, 28,8 foizga oshadi. Ushbu ko‘rsatkich 2016 yilda kishi boshiga 37,1 kilogrammni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda 47,8 kilogrammga etadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi