23 fevral kuni Toshkentning Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan kuchli yong‘in natijasida 16 kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
16:36 da Toshkent shahar IIBB YoXB Markaziy dispetcherlik xizmatiga Chilonzor tumani S-mavzesi Cho‘pon Ota ko‘chasi 28a-uyda joylashgan ma’muriy binoda yong‘in bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan. Oradan 10 daqiqa o‘tib hodisa joyiga tuman yong‘indan muhofaza xizmatining ikkita jangovar yong‘in o‘chirish avtoekipaji etib borganida, binoning 1, 2 va 3-qavatlari ochiq alanga bilan yonayotgani ma’lum bo‘ldi. Qo‘shimcha yong‘in o‘chirish avtoekipajlar chiqarilgan.
17:13 da yong‘in joyiga Chilonzor va boshqa to‘rtta tuman hamda O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasidan jami 12 ta avtoekipaj yo‘llangan. O‘t o‘chiruvchilar tomonidan ko‘rilgan chora va tezkor harakatlar natijasida yong‘in 18:06 da qurshab olinib, 18:16 da butunlay o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida ma’muriy binoning 1, 2, 3-qavatlari to‘liq 800 kv.metr maydonida yongan, 4 va 5-qavatlarining tashqi qismlari yong‘indan qisman zarar ko‘rgan. Yong‘in sabablari aniqlashtirilmoqda.
Yong‘in vaqtida o‘t o‘chiruvchilar tomonidan 70 nafar ishchi-xizmatchi qutqarilib, ularning 14 nafari birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Respublika Shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga olib borilgan. Ikki kishi travmatologiya bo‘limiga joylashtirilgan, ulardan biriga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgandan so‘ng uyiga yuborilgan, ikkinchisiga umurtqa pog‘onasining lat eyishi tashxisi qo‘yilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli.
Zararlangan binoning 1−3-qavatlari Hamza Collection tikuvchilik firmasiga, 4-qavat «DI-Ixlos» kompaniyasiga, beshinchi qavat esa «O‘rmon xo‘jaligi loyiha» institutiga qarashli bo‘lgan. Binoning sharqiy qismida Toshkent viloyat prokuraturasi joylashgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi