26 yanvar kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo bo‘ladi?

“O‘zgidromet” 26 yanvar kuni uchun respublika hududlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 1-3 daraja sovuq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikada 26-28 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26-28 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26-28 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyati shimoliy hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 27-28 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 27-28 yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida 26 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. 26 yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 27 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!