7 455
Toshkentda mehmonxonani fohishalar makoniga aylantirgan uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Anvar (ismlar o‘zgartirildi) poytaxtdagi mehmonxonalardan birida ma’mur lavozimida ishlardi. Avvaliga bu erda katta miqdorda pul ishlab topish mumkinligini xayoliga ham keltirmagan edi. Qarangki, qalovini topsa qor ham yonarkan, qisqa vaqt ichida mo‘maygina daromadga ega bo‘ldi. Ammo harom yo‘l bilan topilgan boylik kimga buyuribdi deysiz?
“Postda” gazetasining yozishicha, odatdagi kunlarning birida Anvar ishga otlandi. Ish joyiga etib kelgach, navbatchilikni qabul qilib oldi. Birin-ketin mehmonlar kela boshladi. Shu payt ko‘zi olazarak bir kishi e’tiborini tortdi. Uning nima maqsadda kelganini tushunib, miyig‘ida kuldi.
- Keling aka, xizmat? – deb so‘radi u.
- Mehmonxonalaring ta’rifini eshitib, bir dam olib ketay, deb kelgandim, - dedi haligi kishi ma’noli qarab.
- To‘g‘ri topib kelibsiz, faqat...
- Buyog‘idan xavotir olmang.
- Tushungan odamning sadag‘asi ketsang arziydi. Pulini to‘lab qo‘ysangiz bas, hamma sharoitni muhayyo qilamiz...
Anvar 90 ming so‘m evaziga xonalardan birining eshigini ochib, yo‘lak boshida turgan ayollarga ishora qildi:
- Ularni o‘zingiz rozi qilasiz.
Osongina daromad topishning hadisini olgan Anvar mehmonxonaga tashrif buyuradigan erkaklardan 90 ming so‘mdan 120 ming so‘mgacha pul undirib, ularga shahvoniy hirslarini qondirishlari uchun zarur sharoitni yaratib berishni o‘ziga kasb qilib oldi. Buning ustiga, suvday oqib kelayotgan pullarni miqdorini oshirish uchun taksichilardan biri Nurali bilan hamkorlik o‘rnatdi.
- Nurali, agar men aytgan paytda mehmonxonaga fohishalarni topib, olib kelsangiz zo‘r bo‘lardi. Pulidan tashvish tortmang, rozi qilaman, - dedi Anvar.
“Lo‘lining eshagini sug‘orib pulini ol” maqolini o‘ziga shior qilib olgan Nuraliga bu gap moyday yoqib tushdi. “Qaysi yo‘l bilan bo‘lsa ham pul topsam bo‘ldi-da!” deb o‘yladi.
Kunlarning birida Anvar ko‘ngilochar maskanlardan birining rahbari Odiljon degan kishi bilan tanishib qoldi. Suhbat jarayonida ularning hammaslak ekani ma’lum bo‘ldi. Odiljon hamtovog‘iga o‘zi rahbarlik qilayotgan maskan kechki soat 18.00dan tungi 03.00ga qadar ishlashini, u erga asosan xorijliklar tashrif buyurishini, ularning mehmonxonada yengiltabiatli ayollar bilan ko‘ngilxushlik qilishi uchun sharoit yaratib bersa, chet el valyutasida pul to‘lashini bildirdi. Bu gapdan Anvar qarmog‘iga oltin baliq ilingan odamday xursand bo‘lib ketdi.
Ko‘p o‘tmay Odiljonning harakati bilan ko‘ngilochar maskan mijozlarini mehmonxonaga olib borish yo‘lga qo‘yilib, haydovchilar tayinlandi. Shu tariqa uyushgan jinoiy guruhga asos solindi. Anvar har bir mehmonga ajratilgan xona uchun 50 dollardan, taksichilar esa 10 dollardan “xizmat haqi” oladigan bo‘ldi.
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Tegishli idoralarga qilingan shikoyatdan keyin maxsus tadbirda Anvar navbatchilik qilayotgan bir kechaning o‘zida 32 nafar erkak va ayolga noqonuniy ravishda xonalar ajratgani ma’lum bo‘ldi. Uning seyfidan tegishli tartibda mehmonxona g‘aznasiga kirim qilinmagan 3 million 523 ming so‘m va 500 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olindi. Uyushgan jinoiy guruhning barcha a’zolariga jazo tayinlandi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi