Joriy yilda Toshkent shahrida me’morchilik nuqtai-nazaridan o‘ta noyob savdo-ko‘ngilochar markazi quriladi, deb xabar qilmoqda Sputnik nashri.
Muxbirning aytishicha, yangi ob’ekt poytaxtning eng yirik bozorlaridan biri — Qo‘yliq bozori yaqinida, sobiq kiyim bozori o‘rnida barpo etiladi. Ayni vaqtda quruvchilar ishni boshlab yuborishgan va bino poydevori allaqachon qad rostlagani aytilmoqda.
Ob’ektning o‘ziga xosligi uning tashqi ko‘rinishida bo‘ladi: bino qurilishida ulkan shishalardan foydalanilishi aytilmoqda.
Yana bir qiziq jihati, O‘zbekistonda ilk marotaba avtoturargohni binoning tom qismida joylashtirish qarori qabul qilindi. Ya’ni yangi savdo-ko‘ngilochar markaziga qarashli avtoturargoh bino tomida joylashtirilgan bo‘ladi.
Ob’ektning o‘zi esa bir necha qavatdan tashkil topadi, deb yozmoqda nashr. Loyihachilar o‘zbekistonliklarni yana bir marta lol qoldirish uchun "yashil parkovka" yaratish ustida izlanishmoqda.
Bugungi kunda poytaxtdagi aksariyat avtoturargohlar quruq asfaltdan iborat bo‘lgan bir paytda, bino tomi ustida barpo etiladigan avtoturargoh tabiat bilan uyg‘un tarzda yaratilishi ta’kidlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi