09:40 / 08.03.2017
13 290

O‘zbekiston eng boy va eng qashshoq mamlakatlari reytingida nechanchi o‘rinda?

O‘zbekiston eng boy va eng qashshoq mamlakatlari reytingida nechanchi o‘rinda?

Amerikaning Global Finance moliyaviy jurnali an’anaviy boy va qashshoq mamlakatlar reytingini e’lon qildi. Tahlilchilar 189 davlatdan iborat ro‘yxatda O‘zbekistonga 127-o‘rinni munosib ko‘rgan. Unga binoan, O‘zbekistonning har bir fuqarosiga 6452 dollar to‘g‘ri keladi. Undan oldin turgan Hindistonning boradagi ko‘rsatkichi 6658 dollar, keyingi o‘rindagi Vetnamning har bir fuqarosinin ulushi 6421 dollardir.

Ta’kidlash joizki, jurnal tahririyati reytingni tuzishda Jahon banki va Xalqaro valyuta fondining ochiq ma’lumotlaridan foydalangan. Reyting asosiga aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM (yalpi ichki mahsulot)ning xarid qobiliyati tengligi bo‘yicha qayta hissoblangan natijasi olingan, deb yozadi Kun nashri.

Reytingga ko‘ra, MDH mamlakatlari orasida eng yuqori natija Rossiyaga teishli bo‘lib, u aholi jon boshiga 26,109 dollarlik ko‘rsatkich bilan 52-o‘rinda. Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng badavlat deb topilgan (54-o‘rin) Qozog‘istonning har bir fuqarosiga bir yilda 25,670 dollar to‘g‘ri keladi. Turkmaniston 17,4 ming dollar bilan 73-, Qirg‘iziston 3467 dollar bilan 148-, Tojikiston 2982 dollar bilan 157-o‘rinda joylashgan.

Dunyoning eng boy davlatlari o‘ntaligi — Qatar, Lyuksemburg, Makao, Singapur, Bruney, Kuvayt, Irlandiya, Norvegiya, BAA va San-Marino ekanligi qayd etilgan.

Dunyoning eng qashshoq 10 mamlakatini esa, asosan, Afrika mamlakatlari tashkil etgan. Bular — Markaziy Afrika respublikasi, Kongo Demokratik respublikasi, Burundi, Liberiya, Niger, Malavi, Mozambik, Gvineya, Eritreya, Madagaskar va Komor orollaridir.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston eng boy va eng qashshoq mamlakatlari reytingida nechanchi o‘rinda?