16 fevral kuni havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir kutilmoqda

16 fevral kuni havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir kutilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 16 fevral, dushanba kuni O'zbekistonda havo o'zgaruvchan bo'lib, ayrim joylarda yomg'ir yog'ishi va tuman tushishi mumkin.
  • Toshkent shahri va viloyati, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryoda harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 13–18° iliq bo'ladi, shamol 7–12 m/s tezlikda esadi.

16 fevral, dushanba kuni Oʻzbekistonda havo oʻzgaruvchan boʻladi. Ayrim joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin, baʼzi hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol asosan 7–12 m/s atrofida.

Toshkent shahri va viloyati, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand
Havo oʻzgaruvchan. Ayrim joylarda yomgʻir, tuman ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 13–18° iliq.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm
Bulutli havo saqlanadi, 16 fevralda ayrim joylarda yomgʻir boʻlishi mumkin, tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 1–6° iliq, kunduzi 6–11° iliq.

Buxoro viloyati
Ayrim hududlarda yomgʻir ehtimoli bor, tuman tushishi mumkin. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 12–17° iliq.

Navoiy viloyati
Viloyat boʻylab 16 fevralda ayrim joylarda yomgʻir va tuman kuzatilishi mumkin. Shamol 7–12 m/s. Kechasi 5–10° iliq, kunduzi 12–17° iliq.
Navoiyning shimolida salqinroq: kechasi 1–6° iliq, kunduzi 6–11° iliq.

Qashqadaryo viloyati
Havo oʻzgaruvchan, ayrim joylarda yomgʻir va tuman ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 13–18° iliq.

Surxondaryo viloyati
Kun davomida havo oʻzgaruvchan, ayrim joylarda yomgʻir boʻlishi mumkin, tuman ehtimoli bor. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 5–10° iliq, kunduzi 13–18° iliq.

Andijon, Namangan, Fargʻona
15–16 fevral kunlari asosan yogʻingarchilik kutilmaydi, ammo ayrim joylarda tuman boʻlishi mumkin. Shamol 5–10 m/s. Harorat kechasi 4–9° iliq, kunduzi 12–17° iliq.

Togʻoldi va togʻli hududlar
Vaqti-vaqti bilan yomgʻir-qor koʻrinishida yogʻingarchilik boʻlishi mumkin, tuman ehtimoli bor. Lavina xavfi saqlanadi. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 3° sovuq–2° iliq, kunduzi 5–10° iliq.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar