O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, olib borilayotgan islohotlar jarayoni, yirik loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10 mart kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi, deb yozmoqda Kun nashri.
Davlat rahbari o‘zining saylovoldi dasturida respublikaning barcha hududlari qatori Buxoro viloyatini ham rivojlantirish bo‘yicha ulkan rejalarni bayon etgan edi. Prezident Buxoro viloyatiga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, istiqbolli loyihalar bilan tanishish va xalq bilan bevosita muloqot qilish ko‘zda tutilgan.
Buxoro asrlar davomida jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelgan, haqli ravishda shariflik maqomiga sazovor bo‘lgan muqaddas shaharlardan hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida mamlakatning birinchi prezidenti rahnamoligida Buxoroda betimsol bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. "Buxoro madaniy markazi", uning tarkibidagi "Boqiy Buxoro" monumenti buxoroliklar va viloyatga keluvchi sayyohlarning sevimli maskaniga aylangan.
So‘nggi yillarda bu boradagi ishlar viloyatda yanada keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. 2016 yilda viloyat iqtisodiyotida barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanib, yalpi hududiy mahsulot hajmi 7,9 foizga oshdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 7,3, qurilish-pudrat ishlari 9,2, xizmat ko‘rsatish 15,2, qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish 7 foiz o‘sdi. Viloyat yalpi hududiy mahsulot tarkibida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi 67,9 foizni tashkil etdi. Mahalliylashtirish dasturi asosida 10 loyiha amalga oshirilib, 107,8 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Viloyatda Qandim gazni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlandi. Majmua tarkibiga yiliga 8,1 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlash quvvatiga ega zavod, 114 qazish qudug‘i, 11 maxsus maydon va 4 yig‘uv punktini o‘z ichiga olgan tabiiy gazni to‘plash tizimi kiradi. Bundan tashqari, 370 kilometr gaz quvuri, 160 kilometr avtomobil yo‘li qurish rejalashtirilgan bu loyiha O‘zbekiston gaz konlarini o‘zlashtirishni yangi bosqichga ko‘taradi. Markaziy Osiyodagi yirik ishlab chiqarish majmualaridan biri bo‘lgan ushbu zavodda 2 mingdan ziyod doimiy ish o‘rni yaratiladi.
2016 yil eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida Toshkent – Buxoro yo‘nalishida yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektr poezdining ilk qatnovi amalga oshirildi. Bundan viloyat ahlining ko‘ngli ko‘tarilib, ertangi kunga ishonchi yanada mustahkamlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”