Hilola Umarova vazir o‘rinbosari va rektor lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlariga asosan davlat boshqaruvi va ta’lim sohasida qator kadrlar o‘zgarishi amalga oshirildi.
Jumladan, Xilola Uktamovna Umarova boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rniga Ilhom Tohirovich Sirojev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Shu bilan birga, Xilola Uktamovna Umarova O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vazirining pedagogik ta’limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga hamda Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti rektori etib tayinlandi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tayinlovlar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini oshirish va sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadlariga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Hilola Umarova 2022 yil so‘ngida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangan edi. Keyinchalik, 2025 yil 14 iyul kuni Prezident farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!