date

"Open budget" ning birinchi mavsumiga 21 ming loyiha tushdi

"Open budget" ning birinchi mavsumiga 21 ming loyiha tushdi

Bugun, 21 fevraldan “Tashabbusli budjet”ning 2026 yilgi birinchi mavsumi uchun loyiha kiritish bosqichi rasman yakuniga yetdi. Bu haqda Moliya va iqtisodiyot vazirligi ma’lum qildi.

Aytilishicha, mazkur jarayon 1 fevral kuni start olgan va 20 fevralga qadar davom etgan. Shu muddat ichida fuqarolar tomonidan jami 21 049 ta loyiha taklifi taqdim qilingan.

Endi esa jarayonning navbatdagi qadami — loyihalarni saralab chiqish ishlari boshlanadi. Ushbu bosqich 21 fevraldan 7 martga qadar davom etishi belgilangan. Saralash paytida taqdim etilgan tashabbuslarning belgilangan mezon va talablarga mosligi, shuningdek, amalga oshirish imkoniyati sinchkovlik bilan o‘rganiladi.

Saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan loyihalar keyingi bosqich — ovoz berish jarayoniga chiqariladi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan tashabbuslar moliyalashtiriladi va amaliyotga tatbiq etiladi.

“Tashabbusli budjet” dasturi aholi faolligini kuchaytirish, hududlardagi muammolarni bevosita fuqarolar ishtirokida hal qilish hamda budjet mablag‘laridan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatli.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » "Open budget" ning birinchi mavsumiga 21 ming loyiha tushdi