
U Xojimetov Avazbekning o‘rnini egallagan.
Asad Xo‘jaev bungacha bosh vazir ijro apparatida ishlagan, undan oldin esa Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori edi.
Xo‘jaev Asadbek Azatbekovich 1970 yili Chimkentda tug‘ilgan. Millati o‘zbek. U 1993 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa institutini (hozirgi TATU) tamomlagan, mutaxassisligi - aloqa muhandisi. 2001 yili O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilish akademiyasini tamomlagan, bozor iqtisodiyoti bo‘yicha magistr.
1995 yildan buyon turli yillarda Intelektual mulk agentligi bosh direktori, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi direktori o‘rinbosari va «O‘zbekiston pochtasi» kompaniyasi bosh direktori birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
Oilali, uch qiz va bir o‘g‘il farzandning otasi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar