O'zbekiston oltin valyuta zaxiralari tarixiy rekordni yangiladi

O'zbekistonning oltin valyuta zaxiralari o'z tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichga yetdi. Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, mamlakat zaxiralari 77 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu o'tgan oyga nisbatan 2 milliard dollarga ko'p degani. Avvalroq, fevral oyida bu ko'rsatkich 75 milliard dollar darajasida qayd etilgan edi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Rekord natijaga erishilishida qimmatbaho metall narxining jahon bozorida oshishi asosiy omil bo'ldi. Hozirgi kunda mamlakatdagi oltinning fizik hajmi 13,1 million troy unsiyasini tashkil etib, uning qiymati 67,6 milliard dollarga baholanmoqda. Zaxiralarning valyuta qismi esa 8,8 milliard dollarga teng.
Iqtisodchi Ravshanbek Dalimovning fikricha, oltin bugungi kunda geosiyosiy jarayonlarda muhim qurolga aylanib bormoqda. Spekulyativ kapital ta'sirida oltin narxining keskin o'sishi kuzatilmoqda. Mutaxassis O'zbekiston o'zining oltin boyliklarini xalqaro darajadagi zargarlik brendlariga aylantirishi uchun tizimli islohotlar zarurligini ta'kidlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!