
26 mart kuni yurtimiz bo‘ylab yomg‘irli havo bo‘lishi kutilmoqda. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.
26 mart kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi mumkin. Harorat kunduzi +10... +12, kechasi esa +8... +10 daraja issiq bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona, Namangan va Andijonda kuchli yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi mumkin. Harorat +10... +15, kechasi esa +5...+10 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda kuchli yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi mumkin. Harorat kunduzi +10... +15, kechasi esa +7... +12 bo‘lishi aytilmoqda. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan quyosh chiqadi. Harorat kunduzi +10... +15, kechasi 0... +5 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqadi. Havo harorati kunduzi +10... +15, kechasi +5... +10 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +12... +17, kechasi +8... +13 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar