Hafta oxiriga yaqin havo ilib, harorat ko‘tariladi

Hozirgi kunlarda O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelgani sababli ayrim joylarda yomg‘ir va qor yog‘ishi kuzatilmoqda. 11–12 mart kunlari kechasi havo harorati –1…–3 daraja atrofida bo‘ladi, ayrim hududlarda esa –5 darajagacha tushishi mumkin. Kunduzi esa harorat 0…+5 daraja chegarasida saqlanishi kutilmoqda.
Ayrim hududlarda shamol tezligi sekundiga 13–18 metrgacha yetadi. Farg‘ona vodiysida esa ayrim paytlarda shamol 22–25 m/s gacha kuchayishi ehtimoldan xoli emas.
Shuningdek, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hamda qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda.
Biroq payshanba kunidan boshlab sovuq havo asta-sekin chekina boshlaydi. Hafta oxiriga borib esa kunduzgi harorat +10…+15 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.