O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari «Beyneu – Akjigit – O‘zbekiston chegarasi» avtomobil yo‘li loyihasi, shuningdek, mintaqa mamlakatlarining xalqaro dengiz kommunikasiyalari va salohiyatli bozorlarga muqobil chiqishini ta’minlaydigan boshqa qo‘shma loyihalarning tez orada amalga oshishidan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar, deb yozadi Kun.uz.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish va ahil qo‘shnichilikni mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma deklarasiyada so‘z yuritilgan.
«Beyneu – Akjigit – O‘zbekiston chegarasi» avtomobil yo‘li uzunligi (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ustyurt platosi orqali o‘tuvchi yo‘l bilan tutashadi) 84 km (shundan 11 km asfalt-beton qoplamali, 42 kmga shag‘al to‘shalgan, 31 kmlik yo‘l tuproq yo‘l)ni tashkil etadi.
Hozirda mazkur yo‘lni rekonstruksiya qilish va uni O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston respublikasidagi xalqaro avtomobil yo‘l bilan tutashtirish borasida katta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»