Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida» 2016 yil 28 oktyabrdagi PQ–2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvining qarori (ro‘yxat raqami 1948-12, 2017 yil 24 mart) bilan O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjatdan ulgurji savdo korxonalari – yagona soliq to‘lovi to‘lovchilari milliy valyutadagi asosiy va ikkilamchi hisobvaraqlarini ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydagi banklarda (ularning filiallarida) ochishi kerakligi to‘g‘risidagi talab chiqarib tashlandi.
Endilikda tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari bo‘lgan rezident yuridik shaxslar (shu jumladan xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar va xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar), yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklari hisobvaraqlar ochish uchun bankka davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasini, shuningdek ta’sis hujjatlarining nusxalarini (notarial tasdiqlangan nusxalarini) taqdim etishi shart emas. Banklar ushbu ma’lumotlarni «Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi»dan oladi.
Shuningdek belgilanishicha, hisobvaraq ochish to‘g‘risidagi arizaga muhr u mavjud bo‘lgan taqdirda qo‘yiladi.
Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 1 apreldan kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»