
30 mart kuni yurtimiz bo‘ylab havo o‘zgarib turadi. Marhamat, ertangi ob-havo ma’lumoti bilan tanishing.
Ertaga Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi mumkin. Harorat kunduzi +15... +17, kechasi esa +10... +12 daraja issiq bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.
Farg‘ona, Namangan va Andijonda havo vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqadi. Harorat +13... +18, kechasi esa +8...+13 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq chaqishi mumkin. Harorat kunduzi +15... +20, kechasi esa +7... +12 bo‘lishi aytilmoqda. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi. Harorat kunduzi +10... +15, kechasi +3... +8 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. Havo harorati kunduzi +15... +20, kechasi +10... +15 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, chaqmoq bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +15... +20, kechasi +10... +15 bo‘ladi. Sharqdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar