O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Jon Tramp tomondan Navro‘z munosabati bilan yuborilgan tabrik maktubiga javob maktubi yo‘lladi.
Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Jon Tramp Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janoblari!
Sizga va Sizning timsolingizda butun Amerika xalqiga yangilanish, farovonlik va uyg‘onish fasli bo‘lgan Navro‘z bayrami munosabati bilan yo‘llagan samimiy tabrik va ezgu tilaklaringiz uchun chin dildan minnatdorlik izhor etaman.
Sizning shaxsiy munosabatingizni yuksak qadrlayman, O‘zbekiston Respublikasi bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, xususan, mamlakatlarimiz biznes doiralarining yaqin aloqalarini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.
O‘zbekiston bilan Amerikaning strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, ayniqsa, mintaqaviy va xalqaro tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi dolzarb masalalar bo‘yicha yondashuvlarimizning mushtarakligi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli munosabatlarni izchil rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qilishiga ishonaman.
Biz amalga oshirayotgan chuqur va keng ko‘lamli islohotlarni yuksak e’tirof etganingiz uchun Sizdan minnatdorman. Biz fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, bozor islohotlarini chuqurlashtirish va aholi hayot darajasini tubdan oshirish bo‘yicha tanlagan yo‘limizni qat’iy va izchil davom ettiramiz.
Fursatdan foydalanib, Siz, Janob Prezidentga mustahkam sihat-salomatlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatingizga ulkan muvaffaqiyatlar, Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqiga tinchlik, xotirjamlik va farovonlik tilayman.
Samimiy hurmat bilan,
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»