O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga ko‘ra, mamlakatdagi urush va mehnat frontining har bir qatnashchisi munosib qutlanadi, deb yozadi Kun.uz nashri.
«Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir. Xotira – kechagi o‘tmishni, ajdodlar o‘gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Qadr – insonni yuksaklikka ko‘taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag‘ishlaydi», — deyilgan hujjat matnida.
Dasturda yolg‘iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari turar joyi va uy xo‘jaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish hamda o‘z uy-joyiga ega bo‘lmaganlariga turar joy ajratish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan
Viloyat, shahar va tumanlarning ko‘cha va maydonlari Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan plakat va stendlar bilan bezatiladi. Bayram dasturxonlari tuzaladi, Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozisiyalar installyasiyasi, jumladan, urush yillari qo‘shiq va musiqalari qo‘yiladi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahrida 9 may kuni soat 21:00 da bayram salyutini tashkil etish vazifasi yuklatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»