2017 yilning 4 aprel kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov “Gazprom” boshqaruvi raisi Aleksey Miller bilan Moskvada uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Gazprom” matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
G‘ulomjon Ibragimov va Aleksey Miller O‘zbekiston hamda “Gazprom” o‘rtasida gaz sohasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Xususan, tomonlar “Gazprom” tomonidan O‘zbekiston gazini sotib olish bo‘yicha masalalarni muhokama qilishgan. Shuningdek O‘zbekistonda “O‘zbekneftegaz” MXK va “Gazprom” tomonidan geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish bo‘yicha masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Bosh vazir o‘rinbosari G‘ulomjon Ibragimov “Gazprom” Markaziy dispetcherligiga ham tashrif buyurdi hamda Rossiyani gaz bilan ta’minlashning Yagona tizimi ishi bilan tanishdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»