
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga tuzatishlar loyihasi qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portaliga joylashtirildi, deb yozadi "Sof.uz" nashri.
Demak, soliq organlari banklardan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar to‘g‘risida axborot olgandan keyin davlat va boshqa organlar va tashkilotlarga ko‘char va ko‘chmas mol-mulk, shuningdek boshqa nomoddiy aktivlar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida so‘rov beradi.
Loyihada ko‘rsatilishicha, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan, mol-mulki bo‘lmagan korxonalar bo‘yicha soliq xizmati organlari sudga ularni bankrot deb topish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar