
6 aprel kuni soat chamasi 14.00da Toshkent shahrining Mirzo-Ulug‘bek tumanida avtohalokat yuz bergan. YTH «Isuzu» yuk mashinasi va «Lifan» motosikli o‘rtasidagi kuchli to‘qnashuv oqibatida sodir bo‘lgan.
IIBB YHXB xabariga ko‘ra, yuk mashinasi boshqaruvida 30 yoshli erkak bo‘lgan. Guvohlar hodisa aynan uning aybi bilan yuz berganini aytishmoqda. To‘qnashuv oqibatida motosikl boshqaruvchisi, 65 yoshli erkak voqea joyida vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda, deb yozadi "Novosti Uzbekistana"ga asoslanib "Sof.uz" nashri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar