
Xalq qabulxonasi o‘z ishini boshlaganidan beri 100 dan ortiq murojaat kelib tushdi. Ular huquq-tartibot idoralari faoliyati, bandlik, yo‘l qurilishi, uy-joy, kommunal xizmat, kredit ajratish, nafaqa olish, aliment undirish kabi ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab oladi. Ularning har birini sinchiklab o‘rganib, tegishli korxona va tashkilotlar yordamida hal etishga harakat qilyapmiz.
Eldor Parpiev, O‘zbekiston Prezidentining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri
Eldor Parpiev, O‘zbekiston Prezidentining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri
Jumladan, Navro‘zobodning Hadikent mahallasida 5,4 kilometrga ichimlik suvi quvuri tortish masalasi o‘z echimini topish arafasida. Navkentning Rovot mahallasidagi «Qo‘noqvoy» qabristonida inshootlar tomini yopish uchun 100 ta shifer ajratish yuzasidan murojaat tuman obonlashtirish korxonasi ko‘magida hal etildi.

Zarbdor qishlog‘idagi «Tinchlik» mahallasida yashovchi Munojat Mo‘minovaning ikki farzandi uchun aliment pullarini bir necha yildan beri ololmayotgani haqidagi shikoyati o‘rganilib, jami 12 million so‘mdan iborat qarzdorlik undirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar