
Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi “Roison Home White Goods” O‘zbekiston – Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Chilonzor tumanidagi sobiq "Algoritm" zavodi hududida tashkil etilgan “Roison Home White Goods” qo‘shma korxonasining umumiy er maydoni qariyb 23 gektar, bino va inshootlar maydoni 9,7 gektar. Hozir bu erda 50 dan ortiq tadbirkorlik sub’ekti maishiy texnikalar, to‘qimachilik va kimyo sanoati mahsulotlari, mebel, qog‘oz buyumlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish, metallni qayta ishlash bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu korxonalarda mingdan ziyod ishchi mehnat qilmoqda.
Shu erda Chilonzor tumanida amalga oshiriladigan iqtisodiy loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.
Shavkat Mirziyoyev mamlakatda yaratilayotgan qulay ishbilarmonlik muhitidan samarali foydalanib, mahsulotlar sifatini oshirish, eksport faoliyatini yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Mutasaddi rahbarlarga tadbirkorlik faoliyatini keng qo‘llab-quvvatlash, investisiya jalb qilish va kreditlar ajratish, eksportni rag‘batlantirish kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar