O‘zbekiston hukumati yuridik va jismoniy shaxslarni yalang‘och qizilmiya eksporti uchun to‘lovlardan ozod qildi. Vazirlar Mahkamasining 14 apreldagi 210-sonli «Yalang‘och qizilmiyani eksport qilishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan yalang‘och qizilmiya eksportyorlariga imtiyozlar berilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Hujjatga ko‘ra, 2018 yilning 31 dekabrigacha yuridik va jismoniy shaxslar yalang‘och qizilmiyani xom ashyo ko‘rinishida O‘zbekistondan tashqariga olib chiqish uchun to‘lovlardan (tonnasi uchun 225 AQSh dollari) ozod etildi.
Norma xabarida izoh berilishicha, bu yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarni etishtirish va to‘plash, ularni tayyorlash va qayta ishlashni tizimli tashkil etishni yanada tartibga solish, yalang‘och qizilmiyani xom ashyo ko‘rinishida eksportga etkazib berishdan manfaatdor bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada erkinlashtirish maqsadida amalga oshirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi