6 680
Azimov va boshqa mas’ullarga naqd pul mablag‘lari bo‘yicha zarur vazifa yuklatildi
Rustam Azimov va boshqa mas’ullar oldiga naqd pul aylanmasini qisqartirish bo‘yicha «kechiktirib bo‘lmas chora-tadbirlar» ko‘rish vazifasi qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston hukumatining 2017 yil birinchi choragi yakunlariga bag‘ishlangan majlisi vaqtida aytilgan.
Hukumat majlisida vazirlar hisobot bergan. Xususan, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov, Moliya vaziri Botir Xo‘jaev, Iqtisodiyot vaziri Galina Saidova, Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosari Saidkamol Xo‘jaev, shuningdek, Qashqadaryo va Namangan viloyatlari hokimlari Zafar Ro‘ziev va Xayrullo Bozorovning hisobotlari tinglangan.
«Ular oldiga hududiy, moliya-byudjet va soliq rejalashtirilishini takomillashtirish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini oshirish amaliy chora-tadbirlarini bajarish, tumanlar va shaharlarning subvensiya darajasini pasaytirish va ularni subvensiyadan chiqarish, naqd pul mablag‘larining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish hisobiga makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini saqlashni ta’minlaydigan kechiktirib bo‘lmaydigan kompleks chora-tadbirlar ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar qo‘yildi», — deyilgan O‘zA xabarida.
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlarining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlarining shaxsiy mas’uliyati alohida qayd etib o‘tildi. Ularning ishlari samaradorligi aniq mezonlari bo‘yicha baholanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi