
Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan 300 nafarga yaqin Ikkinchi jahon urushining qatnashchilariga GM Uzbekistan avtomobillarini imtiyozli xarid qilishga oid sertifikatlar berilgan edi.
Shu kunlarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni imtiyozli xarid qilish istagini bildirgan ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga tegishli avtomobillar tantanali ravishda topshirilib kelinayotganligi haqida Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati bergan ma’lumotga asoslanib Dia.uz sayti yozmoqda.
Jumladan, 2017 yil 17 aprelda mehnat va urush faxriylari - Uchtepa tumani, Beshqayrog‘och ko‘chasi, 55/1 uyda istiqomat qilib kelayotgan 94 yoshli Hikmat ota Ubaydullaevga “Damas”, Shayxontohur tumani, Ulug‘bek ko‘chasi, 65 uyda istiqomat qiluvchi 98 yoshli Kamol ota Turopovga “Lasseti”, 2017 yil 18 aprelda Yakkasaroy tumani, H.Sulaymonov ko‘chasi, 1a uyda istiqomat qiluvchi 92 yoshli Nazar Stepanovich Nazaryanga “Lasseti”, Shayxontohur tumani,M.Qoriyoqubov 2-tor ko‘chasi, 3 uyda istiqomat qiluvchi 93 yoshli Abduvohid ota To‘laganovga “Damas” rusumli yengil avtomobillar tantanali ravishda topshirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar